Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rojer Uoters advokatlarga uning Germaniyadagi konsertlari o‘tkazilishiga ishonch hosil qilishni buyurdi

A A A
Rojer Uoters advokatlarga uning Germaniyadagi konsertlari o‘tkazilishiga ishonch hosil qilishni buyurdi

Pink Floyd hammuassisi Rojer Uoters advokatlarga uning Germaniyadagi konsertlari o‘tkazilishiga ishonch hosil qilishni buyurdi.

Avvalroq OAV musiqachining 28 may kuni Frankfurtdagi chiqishi mahalliy yarmarka aksiyadorlari tomonidan bekor qilishga qaror qilingani, uning 21 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan konserti borasida muhokamalar davom etayotgani haqida xabar berilgandi.

Berilgan sabablar orasida Uotersning Putin va BDS harakatini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlari (Falastinga nisbatan siyosati tufayli Isroildan tovarlarni boykot qilish), shuningdek, «antisemitizm» ham bor.

Musiqachi oxirgi ayblovni yolg‘on deb hisoblaydi. Uning vakillari konsertning bekor qilinishini «konstitusiyaga zid» va «asossiz» qaror deb atamoqda, deb yozadi Hessenschau.

Kiritildi: 20:15 15.03.2023. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!