Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Real" vingeri Rodrigo bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatdi, deya xabar berdi Sasha Tavolyeri.
Ular futbolchiga katta maosh taklif qilishga tayyor va Krishtianu Ronaldu omili futbolchini Saudiyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga yordam berishiga umid qilishmoqda.
"Real" o‘z vingerini 80-90 million yevroga qo‘yib yuboradi.