Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

RM-2.5 dispers zarrachalarida himoyalanish uchun...

A A A
RM-2.5 dispers zarrachalarida himoyalanish uchun...

SanEpidem qo‘mita mayda RM-2.5 dispers zarrachalarining inson salomatligiga ta’siri va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalarini ma’lum qildi.

Soch tolasidan 40 barobar kichik mayda RM-2.5 zarrchasi o‘pka kapilyarlari orqali tizimli qon oqimidagi organlar to‘qima xujayralariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Atmosfera havosida ko‘p muddat RM-10 va RM-2.5 zarrachalarining yuqori konsentrasiyasi yallig‘lanish, kansergan, teratogen, sitotoksik ta’sirlarga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishi va inson umr ko‘rish davriyligini kamaytirishga hissa qo‘shadi.

Uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar:

➖Xona va inshoot ichidagi chang o‘tiradigan sirt yuzalarini tez-tez nam latta bilan artib turing, xavf yuqori paytda nam sochiqlar osib chiqing;

➖derezalarni yopiq holda saqlang, ayniqsa kechasi va tong muddatlarda oyna va eshiklarni zichlab yoping;

➖ ko‘proq suv iching;

➖ochiq havoda harakatlanishdan tiyiling;

➖ tez-tez dush qabul qiling, ayniqsa tashqaridan uyga kirishda;

➖og‘iz va burun bo‘shliqlarini tuzli eritma bilan yuving, chaying;

➖nafas olish tizimi kasalligi bor bemorlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va uni 2 soatda almashtirishlari zarur

➖ko‘zlarni yuvib turing.

Kiritildi: 22:15 17.01.2024. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!