Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rishi Sunak siyosat yuritishda Rossiyadan o‘rnak olishga chaqirdi

A A A
Rishi Sunak siyosat yuritishda Rossiyadan o‘rnak olishga chaqirdi

London Rossiya va Xitoy davlatlari kabi uzoq muddatli tashqi siyosatni rejalashtirishi kerak. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ma’lum qildi. Uning so‘zlarini "Bloomberg" agentligi keltirmoqda.

Sunakning fikriga ko‘ra, hozirgi sharoitda qisqa muddatli rejalar samarasiz.

“Bizning strategiyamiz Rossiya va Xitoy kabi boshqa dunyo derjavalari siyosatiga mos kelishi kerak. Raqiblarimiz uzoq muddatga rejalashtirishadi. Shu tariqa biz revolyusion o‘sishga erishamiz”, - deydi u.

Shu bilan birga nashrning yozishicha, bosh vazir lavozimiga kirishgach, Sunak Buyuk Britaniyaning Xitoyga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirgan, sobiq bosh vazir Liz Trassning Xitoyni mamlakat uchun tahdid deb e’lon qilish rejalaridan voz kechgan.

Avvalroq Sunakning vakili Ukrainada harbiy harakatlar davom etayotganda London va Moskva munosabatlari avvalgi bosqichga qaytmasligini aytgan edi.

Kiritildi: 14:08 29.11.2022. O'qildi: 2062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!