Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rishi Sunak Britaniyani Arktikadagi Rossiya harbiy bazalariga zarba berishga tayyor turishga chaqirdi

Rishi Sunak Britaniyani Arktikadagi Rossiya harbiy bazalariga zarba berishga tayyor turishga chaqirdi

Buyuk Britaniya Moskva tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni jilovlash maqsadida Arktikadagi Rossiya harbiy bazalariga zarba berishga tayyor bo‘lishi kerak.

Bu haqda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Rishi Sunak The Sunday Times gazetasi uchun yozgan maqolasida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Shimoliy flot joylashgan va yadroviy kuchlarining katta qismi to‘plangan Kola yarimorolidagi harbiy hozirligini kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, Sunakning ta’kidlashicha, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Buyuk Britaniya qirg‘oqlari yaqinidagi faolligi 41 foizga oshgan.

Sobiq bosh vazirning fikricha, asosiy tahdid Shimoliy Atlantika ustidan nazoratni yo‘qotish ehtimoli bilan bog‘liq. Bu qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda AQSh qo‘shinlari va harbiy texnikasini Yevropaga joylashtirishni qiyinlashtirishi mumkin.

U, shuningdek, xalqaro internet-trafikning katta qismini uzatishni ta’minlaydigan suv osti aloqa kabellariga nisbatan mavjud tahdidlardan ham ogohlantirgan.

Shu munosabat bilan Sunak suv ostidagi kuzatuv tizimini kuchaytirish, Shimoliy Yevropa davlatlari bilan qo‘shma operasiyalarni kengaytirish va Britaniya maxsus kuchlarini Arktikadagi harakatlarga tayyorlashni taklif qilgan.

«Biz Rossiyaga mojaro yuzaga kelgan taqdirda uning harbiy bazalariga tahdid solish imkoniyatiga ega ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak», — deb ta’kidlagan u.

Sunakning fikricha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro qanday yakunlanishidan qat’i nazar, Moskva G‘arb davlatlarining yuzaga keladigan tahdidlarga javob berishga tayyorligini sinashda davom etadi.

Shu sababli u Rossiya harbiy infratuzilmasiga zarba berish imkoniyatini ham tiyib turish strategiyasiga kiritishga chaqirgan.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik