Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Rinat Axmetov Rossiyani sudga berdi

A A A
Rinat Axmetov Rossiyani sudga berdi

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning eng boy kishisi Rinat Axmetov Rossiya tomonini sudga berdi.

Axmetov Rossiya egallab olgan Donesk va Lugansk viloyatlarida yo‘qotilgan aktivlari uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqda Axmetovning sarmoyaviy guruhi matbuot xizmati ma’lumot bergan.

«Axmetov investor sifatida Rossiyadan faoliyatga aralashish yoki aktivlar va investisiyalarni ekspropriasiya qilish natijasida unga yetkazilgan barcha zararlar uchun tovon undirishni talab qiladi», — deyiladi xabarda.

Tadbirkor 2014 yildan boshlab Rossiyadan barcha yo‘qotishlar uchun tovon undirmoqchi.

Forbes Ukraine ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil oxiriga kelib, Axmetovning boyligi 13,7 milliard dollardan 4,4 milliard dollargacha qisqargan, ammo u eng boy ukrainalik bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 09:25 12.04.2023. O'qildi: 3136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!