Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rim Papasi Ukrainaga 100 ming porsiya sho‘rva yubordi

Rim Papasi Ukrainaga 100 ming porsiya sho‘rva yubordi

Papa Lev XIV Rojdestvo bayrami munosabati bilan Ukrainaga oziq-ovqat yordamini yo‘lladi. Uchta yuk mashinasi 100 ming porsiya tayyor tovuqli va sabzavotli sho‘rvani yetkazib berdi. Ular frontga yaqin hududlardagi muhtoj aholi o‘rtasida tarqatiladi, deya Vatikan Polshalik kardinal va xayriya xizmatlari bo‘yicha prefekt Konrad Krajevskiyning bayonotiga tayanib xabar berdi.

Shu orqali Papa azob chekayotgan insonlar bilan yonma-yon ekanini ko‘rsatmoqchi. Oziq-ovqat mahsulotlari tez-tez o‘qqa tutiladigan, elektr energiyasi, suv va isitish tizimlari yetishmaydigan hududlarga yetkazildi, — deya qo‘shimcha qildi kardinal Krajevskiy.

Kiritildi: Bugun 17:53. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!