Rim papasi Rojdestvo munosabati bilan yo‘llagan murojaatida dunyodagi barcha urushlarni to‘xtatishga chaqirdi, deb xabar bermoqda BBC.
Papa Lev XVI Muqaddas Pyotr sobori oldidagi maydonda to‘plangan minglab odamlar oldida so‘zga chiqib, Ukraina, Sudan, Mali, Myanma, Tailand, Kambodja va boshqa mamlakatlardagi siyosiy, ijtimoiy va harbiy mojarolar sababli chuqur afsus bildirdi.
Bundan tashqari, pontifik dunyoning turli hududlaridagi migrantlar va qochqinlarning og‘ir ahvoli haqida ham tashvish bildirdi.
Papa, shuningdek, Rojdestvo marosimidagi va’zida G‘azodagi falastinliklarning o‘ta og‘ir sharoitda yashayotganini aytib o‘tdi.