Germaniyaning eng yirik qurolsozlik kompaniyasi Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger DW nashriga berilgan intervyuda, Germaniyaning mudofaa vaziri Boris Pistorius tavsiyasiga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotining 3 foizini mudofaaga sarflashi "mutlaqo to‘g‘ri qaror" ekanligini ta’kidladi.
Pappergerning fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning Yevropaga ko‘rsatayotgan bosimi yevropaliklar uchun "ogohlantiruvchi signal" vazifasini o‘tamoqda.
"O‘tgan 30 yil davomida [evropaliklar] o‘z milliy xavfsizligimiz va G‘arb dunyosi xavfsizligiga yetarlicha e’tibor qaratmadi," dedi Papperger.