Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Reygan aeroporti yaqinida vertolyot parvozlari cheklandi

Reygan aeroporti yaqinida vertolyot parvozlari cheklandi

67 kishining hayotiga zomin bo‘lgan American Airlines yo‘lovchi samolyoti va harbiy Black Hawk vertolyotining to‘qnashuvi ortidan AQSh Federal Aviasiya boshqarmasi (FAA) Vashingtondagi Reygan milliy aeroporti yaqinida vertolyot parvozlarini noma’lum muddatga chekladi.

Bu haqda "Reuters" agentligi xabar berdi.

FAA vakilining aytishicha, hozirda aksariyat vertolyotlarga aeroport yaqinidagi ikkita yo‘nalishda parvoz qilish taqiqlangan. Faqat polisiya va tibbiy vertolyotlar bundan mustasno bo‘lib, ular aeroport va yaqin atrofdagi ko‘priklar o‘rtasida parvoz qilishlari mumkin.

FAA vaziyatni to‘liq baholash o‘tkazilgunga qadar cheklovlar noma’lum muddatga saqlanib qolishini tavsiya qildi.

Milliy transport xavfsizligi kengashi a’zosi Todd Inmanning aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot to‘qnashuv vaqtida marshrutni o‘zgartirgan. Uning qayd etishicha, Vashington hududida aniq belgilangan havo harakati tizimi mavjud.

Hukumatning 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, har yili aeroportdan 30 milya masofada 11 000 ga yaqin harbiy vertolyot parvozlari amalga oshiriladi.

Hodisa chorshanba kuni ayeroport yaqinida yuz bergan va Potomak daryosiga samolyot va vertolyot qulagan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 21:13 31.01.2025. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!