Agentlikning yozishicha, muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga qaratilgan va birinchi navbatda xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni nazarda tutadi.
"Aloqa kanalini yaratish Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaaning joriy yilning 13 aprel kuni BAAga rasmiy tashrifidan bir necha kun o‘tib boshlangan", deyiladi xabarda.
Suriya xavfsizlik xizmatidagi yuqori lavozimli manbaning so‘zlariga ko‘ra, kanal faqat xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashga oid masalalarni muhokama qilish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, muzokaralarga BAA xavfsizlik xizmati, Suriya razvedkasi va Isroil razvedkasining sobiq xodimlari jalb qilingan. O‘tgan haftada Isroilning Suriyaga bergan zarbalaridan keyin aloqa kanalidan foydalanilgani yoki foydalanilmagani noma’lum.