Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Reuters : Jurnalistlarning Pentagonga kirishi cheklandi

Reuters : Jurnalistlarning Pentagonga kirishi cheklandi

"AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset jurnalistlarga Pentagonning ko‘plab binolarida maxsus hamrohsiz bo‘lishni taqiqlovchi farmoyish chiqardi. Hegset jurnalistarga o‘z qarorini “maxfiy razvedka ma’lumotlarini” himoya qilish zaruriyati bilan asosladi", deya xabar bermoqda agentlik.

"Yangi qoidalar matbuot erkinligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuzdir. Ommaviy axborot vositalari vakillari Pentagonning maxfiy bo‘lmagan binolariga o‘nlab yillar davomida, respublikachi va demokrat ma’muriyatlar davrida, shu jumladan, 2001 yil 11 sentyabr hujumlaridan keyingi davrda ham, Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan xavfsizlik masalalariga hech qanday e’tirozsiz kirish huquqiga ega bo‘lib kelgan", — deya munosabat bildirdi Pentagon matbuot uyushmasi.

"Mazkur farmoyish orqali Hegset ommaviy axborot vositalari vakillariga qarshi kurashni davom ettirmoqda. U OAV vakillarini bir necha bor o‘ziga qarshi fitna uyushtirishda ayblagan. Bu, xususan, Signal messenjeri chatlaridan bir qator axborot sizib chiqishiga taalluqli bo‘lib, o‘shanda amaldorlar muhim va maxfiy ma’lumotlarni muhokama qilishgan edi.

Kiritildi: 21:05 24.05.2025. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!