Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Reuters: Bangladeshda o‘quv samolyoti kollej va maktab hududiga qulab tushdi

Reuters: Bangladeshda o‘quv samolyoti kollej va maktab hududiga qulab tushdi

Agentlikning Bangladesh rasmiylariga tayanib xabar berishicha, mamlakat Harbiy-havo kuchlariga tegishli F-7 BGI rusumidagi o‘quv samolyoti Dakkadagi kollej va maktab hududiga qulab tushgan. Hodisa oqibatida Kamida 19 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq odam jarohat olgan.

Voqea joyidan olingan foto va videolarga ko‘ra, samolyot binolardan birining devoriga urilib, yonib ketgan.

Mahalliy Prothom Alo nashrining yozishicha, samolyot havoga ko‘tarilgandan 12 daqiqa o‘tib qulab tushgan. Halokat sabablari hozircha noma’lum. 22 iyul kuni Bangladeshda halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilindi.

Kiritildi: 21:08 21.07.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!