Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Respublikamizning 9 hududida yog‘ narxi pasaygan, 5 viloyatda esa oshgan

Respublikamizning 9 hududida yog‘ narxi pasaygan, 5 viloyatda esa oshgan

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini saqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi global inqiroz sharoitida oziq-ovqat mahsulotlari uchun jahon narxlarining keskin o‘zgaruvchanligi sharoitida ichki bozorning narx-navo sakrashlariga nisbatan barqarorlikni ta’minlash juda muhim.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) mamlakatimiz ichki bozorlarida narxlar bo‘yicha doimiy monitoring olib bormoqda. Xususan, 2021 yil 28 apreldan 5 mayga qadar asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining viloyat, tuman va shaharlar bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilindi.

So‘nggi vaqtlarda o‘simlik yog‘ining narxlari konyukturasi jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Tashqi bozorda ushbu mahsulotga bo‘lgan talabning ortishi va natijada tadbirkorlarning narxlar farqidan foydalangan holda yuqori foyda olishga intilishi oqibatida narxlarning ko‘tarilishi davlat tomonidan bozorni barqarorlashtiruvchi chora-tadbirlarning joriy etilishiga olib keldi. Monitoring shuni ko‘rsatmoqdaki, amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, hafta oxiriga kelib respublikada bir litr o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narx 0,5 foizga pasayib, 19 ming 104 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha narxlar diapazoni Andijon viloyatida bir litr uchun 17 ming 218 so‘m, Toshkent shahrida 20 ming 596 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib bordi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi Ruslan Abaturovning ma’lum qilishicha, 9 ta hududda, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida o‘simlik yog‘i narxlarining pasayishi kuzatilgan. Hafta davomida narxlar faqat 5 ta viloyatda oshdi. Ulardan eng balandi Sirdaryo viloyati (1,6 foiz), Toshkent viloyati va Toshkent shahrida (0,7 foiz) kuzatildi. O‘simlik yog‘i narxlarining pasayishi ichki bozordagi vaziyat barqarorlashayotganidan dalolat beradi.

Hududlar kesimida mol go‘shtining eng yuqori narx o‘sishi Navoiy (1,7 foiz) va Surxondaryo (1,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Hafta davomida o‘rtacha narxlarga nisbatan sut 0,2 foiz, guruch 0,1 foiz, o‘simlik yog‘i 0,5 foizga pasaygan. Shakar Samarqandda 2,3 foiz, Xorazmda 0,8 foiz, Navoiyda 0,5 foizga pasaygan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu hafta davomida asosiy iste’mol tovarlari uchun narx muhiti nisbatan past darajada o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ammo Andijon va Buxoro viloyatlarida kartoshka narxining ko‘tarilishi haqida xavotirlar bor.

Kiritildi: 18:40 11.05.2021. O'qildi: 4707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!