Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Respublikada transport xizmatlari bo‘yicha 7 oyda 69 trln so‘mdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan

Respublikada transport xizmatlari bo‘yicha 7 oyda 69 trln so‘mdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 69,7 trln so‘mni tashkil etgan.

2023 yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7 % ga o‘sgan. Ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 22 % darajasida qayd etilgan.

Hududlar kesimida mazkur yo‘nalishda nisbatan yuqori ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (13,3 trln so‘m), Toshkent (4,4 trln so‘m), Samarqand (4,2 trln so‘m), Farg‘ona (3,1 trln so‘m) hamda Andijon (2,7 trln so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

Kiritildi: 11:06 20.09.2024. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!