Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi, general-mayor Muhsin Rizoiy ham Respublikachilar partiyasining mag‘lubiyatiga to‘xtalib, AQShdagi yaqinda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar natijalarida Eronning muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi.
"Eronning buyuk xalqi sabab Tramp nafaqat jang maydonida va Hormuz bo‘g‘ozida jiddiy strategik mag‘lubiyatni, balki Vashingtonda ham kuchli siyosiy mag‘lubiyatni tatib ko‘rdirdi. Amerika fuqarolari va AQSh hukumati Trampning militaristik siyosati keltirib chiqargan o‘ta og‘ir va ulkan xarajatlarni o‘z zimmalarida his qilishdi.
Eron Islom Respublikasiga qarshi chiqishga uringan har qanday tomon — xoh jang maydonida bo‘lsin, xoh o‘z uy-ostonasida — buning uchun juda qimmat tovon to‘laydi."