Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Respublika patologik anatomiya markaziga direktor tayinlandi

Respublika patologik anatomiya markaziga direktor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Nishanov Daniyar Anarbayevich Respublika patologik anatomiya markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Daniyar Nishanov 1995 yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2003 yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining magistratura bosqichini patologik anatomiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Dastlabki mehnat faoliyatini Toshkent pediatriya tibbiyot institutida laborant sifatida boshlab, keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining patomorfologiya bo‘limi vrach-gistologi, bo‘lim mudiri, bo‘lim ilmiy rahbari kabi vazifalarda mehnat qilgan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor D. Nishanov tayinlovga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 00:51 15.10.2024. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!