Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” direktori Dilnozxon Maqsudova qamoqqa olindi

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” direktori Dilnozxon Maqsudova qamoqqa olindi

“Jahon.uz” nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Dilnozxon Maqsudova Saidkamalovna Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Dilnozxon Maksudova 2017 yil 27 dekabrdan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasining direktori lavozimida ishlab kelib, muassasa bosh hisobchisi X.Siddiqova, hisobchi G.Abduxalilova, bank xodimi G.Yuldasheva va boshqalar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, stasionar tartibda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun bemorlardan 2018 yilda naqd pul shaklida qabul qilingan 17,9 mlrd, so‘mning 5,7 mlrd, so‘mini, 2019 yilda qabul qilingan 17,5 mlrd, so‘mning 7,4 mlrd, so‘mini, jami 13,1 mlrd, so‘m pul mablag‘larni bank muassasalariga topshirmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aytilmoqda.

Shuningdek, kassa operasiyalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi-xodimlarning oylik ish haqi va boshqa maqsadlar uchun 2018 va 2019 yilning o‘tgan davrida bank muassasasidan naqd pul shaklida olingan 1,05 mlrd, so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini go‘yoki ushbu mablag‘lar ishchi xodimlarga oylik ish haqi sifatida tarqatilganligi haqida hujjatlarni soxtalashtirib, shuncha miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilishgani ham qo‘shimcha qilindi.

Tergov organining 2019 yil 9 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Dilnozxon Maqsudova Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan.

Ammo, shuncha mablag‘larning noqonuniy o‘zlashtirilishi va talon-taroj qilinishi borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki uning Matbuot xizmati “og‘iz ochgani yo‘q”, balki ular hali eshitishmagandir.

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga yangi tayinlangan rahbar ham OAV bilan ishlashdan ancha yiroqqa o‘xshaydi. Sababi, Markazning rasmiy saytida rahbar hali hamon Dilnozxon Maqsudova nomi qayd etilgan.

Mulohaza o‘rnida aytmoqchimanki, hurmatli Sog‘liq saqlash vaziri janoblari, “burningizni tagidan” shuncha pulni sizning qo‘l ostingizdagi xodimlar o‘marib ketganini bilmay qoldingizmi? Afsus, bu pulga qancha azobda yashayotgan bolalarni xorijda yoki o‘zimizda davolatsa bo‘lardi.

Bu talon-taroj qilingani aytilayotgan pullar kimningdir jig‘ildonidan joy olib ulgurmagan bo‘lsa xo‘p-xo‘p, yo‘q qilingan bo‘lsa ikkita-uchta aybdor uncha uzoq bo‘lmagan muddat qamoqda o‘tirib chiqadi, tammom vassalom!

Kiritildi: 15:58 14.01.2020. O'qildi: 5472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!