Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Renault Ukrainada dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

 Renault Ukrainada dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Fransiyaning Renault avtomobil ishlab chiqaruvchisi Ukrainada dron ishlab chiqarish zavodini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya vakilining AFPga aytishicha, Fransiya Mudofaa vazirligi ularga shunday taklif bilan murojaat qilgan. Biroq, yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q — Renault vazirlikdan qo‘shimcha ma’lumot”ni kutmoqda.

Franceinfo telekanaliga ko‘ra, bu Renault va Fransiya mudofaa kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma loyihadir. Dronlar ishlab chiqariladigan ishlab chiqarish ob’ektlari front chizig‘i yaqinida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu avvalroq mamlakatdagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri mudofaa kompaniyasi bilan Ukrainada dronlarni yig‘ish liniyalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yangi hamkorlik”ga kirishishini aytdi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan uchuvchisiz samolyotlar Ukraina qurolli kuchlariga yetkazib berilishi kutilmoqda, shuningdek, fransuz harbiylari tomonidan “taktik mashqlar”da foydalanish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:14 10.06.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!