Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Reimbursasiya: Aholiga 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilmoqda

Reimbursasiya: Aholiga 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilmoqda

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Yurtimizda aholini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Xususan, Reimbursasiya dasturiga kirgan arterial gipertoniya, yurak ishemik, qandli diabetning 2-turi, qandsiz diabet, bronxial astma va me’da-ichak tizimi xastaliklari kabi 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilayotganidan xabaringiz bor.

Ammo Reimbursasiya dasturidan foydalanishni barcha yurtdoshlarimiz birdek yaxshi biladi, deb bo‘lmaydi. Shu bois uni qadam-baqadam tushuntirib o‘tmoqchimiz.

1⃣-QADAM: O‘zingiz biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qilasiz.

2⃣-QADAM: U klinik protokollar asosida sizni tekshiruvlardan o‘tkazadi.

3⃣-QADAM: Kasallik tasdiqlansa, oilaviy shifokor siz uchun elektron resept shakllantiradi.

4⃣-QADAM: Elektron resept Doimiy faoliyatdagi hay’at raisi tomonidan tekshiriladi va tasdiqlanadi.

5⃣-QADAM: Elektron reseptda ko‘rsatilgan dori vositalarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonadan olasiz. Mablag‘lar ushbu jamg‘arma tomonidan dorixonaga o‘tkazib beriladi.

Unutmang: 7 kun davomida dorixonaga bormasangiz, elektron reseptni qayta olishingizga to‘g‘ri keladi.

6⃣-QADAM: Elektron resept asosida olgan dori vositalarini bir oy — 30 kun davomida qabul qilasiz.

7⃣-QADAM: Muayyan vaqtdan keyin tuzalganingiz tasdiqlansa, oilaviy shifokor sizni dispanser ro‘yxatidan chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, agar yotib qolgan bo‘lsangiz, xonadoningizga tibbiy brigada boradi va oilaviy shifokor siz uchun elektron resept tuzadi. Dori vositalarini oila a’zolaringizdan biri yoki patronaj hamshirasi yetkazib beradi.

Reimbursasiya dasturi doirasidagi dori vositalarini har oy tekin olishingiz mumkinligini unutmang!

Kiritildi: Bugun 18:50. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!