Bugun 10 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" yozda 6 nafar futbolchini nishonga oldi

"Real" yozda 6 nafar futbolchini nishonga oldi

"Real" bu qishda hech kim bilan shartnoma imzolamadi. Madrid klubi yozgi transferlar bozorida faol ishlashga tayyorlanayotgani aniq. «Transfer News Live» nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" birdaniga 6 nafar futbolchini nishonga olgan. Bu ro‘yxatda quyidagilar bor:

Din Xeysen (19 yosh, "Bornmut"), Migel Gutyerres (23 yosh, "Jirona"), Florian Virs (21 yosh, "Bayer"), Martin Subimendi (26 yosh, "Real Sosyedad"), Rodri (28 yosh, "Manchester Siti") va Yozua Kimmix (29 yosh, "Bavariya").

Virs 140 million yevroga, Rodri 130 million yevroga, Subimendi 60 million yevroga, Kimmix 50 million yevroga, Gutyerres 25 million yevroga, Xeysen esa 18 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:52 05.02.2025. O'qildi: 6148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!