Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" yarim himoyachisini 20 million yevroga sotishga tayyor

"Real" yarim himoyachisini 20 million yevroga sotishga tayyor

Madridning "Real" klubi Dani Sebalyosni "Betis"ga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lgan narxni aytdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" himoyachini kamida 20 mln yevroga sotadi. Shu bilan birga, Sebalyosni sotib olish istagida bo‘lgan "Betis" faqat 5-10 mln yevro to‘lashga tayyor. Sevilya klubi rahbariyatini Sebalyosning moliyaviy talablari ham qo‘rqitmoqda - ispaniyalikning "Real"dagi maoshi yiliga 9 mln yevroni tashkil etadi.

Dani Sebalyos 2017 yildan beri Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. "Real" bilan futbolchi ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan va uch marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. Sebalyosning narxi Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:50 19.07.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!