Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Real" Vinisius o‘rniga 90 million yevrolik zo‘r futbolchi topgan

"Real" Vinisius o‘rniga 90 million yevrolik zo‘r futbolchi topgan

Vinisius Junior 2026 yilda "Real"ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda. Braziliyalikning kelajagi bilan bog‘liq vaziyat uning Xabi Alonso bilan munosabatlari va amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallanganligi tufayli keskin.

Bunday keskin vaziyat "Real"ni Vinisiusni qo‘yib yuborish variantini ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Fichajes xabariga ko‘ra, braziliyalik bilan xayrlashilgan taqdirda "qaymoqranglilar" Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Aynan uni madridliklar rahbariyati hujum qanotida Vinining o‘rnini bosa oladigan futbolchi sifatida belgilashgan.

"Real" Niko Uilyamsni 90 million yevroga sotib olishi mumkin - bu uning "Atletik" bilan amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli.

O‘tgan yozda 23 yoshli Uilyamsni "Barselona" bilan faol bog‘lashgandi, ammo yakunda u "Atletik" bilan shartnomasini 2035 yilning yarmigacha uzaytirdi.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!