Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" va "Atletiko" sobiq darvozaboni endi Masharipov va Ashurmatov bilan bir jamoada o‘ynaydi

"Real" va "Atletiko" sobiq darvozaboni endi Masharipov va Ashurmatov bilan bir jamoada o‘ynaydi

Faoliyati davomida "Real Madrid", "Atletiko", "Betis" va "Sporting" kabi nomdor jamoalar darvozasini qo‘riqlagan Antonio Adan faoliyatini Eronning "Istiqlol" klubida davom ettiradi.

Tehron klubi 38 yoshli ispaniyalik golkiperni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi va 2026 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladi.

Adan - "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumni "Sporting"da o‘tkazdi va erkin agent sifatida jamoani tark etgandi.

Ma’lumot uchun, "Istiqlol" safida hozirda ikki hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov harakat qiladi.

Kiritildi: 23:24 06.08.2025. O'qildi: 996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!