Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Real" tasdiqladi: Rodrigo og‘ir jarohat tufayli JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi

"Real" tasdiqladi: Rodrigo og‘ir jarohat tufayli JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi

"Real" klubi o‘z rasmiy sahifalari orqali vinger Rodrigoning "Xetafe"ga qarshi o‘yinda (0:1) tizzasidagi xochsimon bog‘lamlari uzilganini tasdiqladi.

Madrid klubining xabar berishicha, bugun braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va unda og‘ir jarohat borligi tasdiqlangan. Tiklanishning aniq muddatlari haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, 25 yoshli futbolchi xochsimon bog‘lamlari uzilgani sababli mavsum yakunigacha safdan chiqqani va Braziliya terma jamoasi safida JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Vinger joriy mavsumda madridliklar safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va sheriklariga oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:57 03.03.2026. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!