Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

“Real” suv toshqinida jabrlanganlarga yordam berish uchun bir million yevro xayriya qildi

A A A
“Real” suv toshqinida jabrlanganlarga yordam berish uchun bir million yevro xayriya qildi

Madridning “Real” klubi Ispaniyadagi suv toshqinida jabrlangan uchun xayriya qildi.

Ispaniya janubi-sharqiga sovuq havo oqimi “Dana” to‘fonini va kuchli yomg‘irlarni olib keldi, bu esa kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘lgan. Valensiyaning ayrim hududlarida suv bosgani tufayli elektr va aloqada uzilishlar yuzaga kelgan, ko‘priklar vayron bo‘lgan.

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi La Liga va Segundaning 5 ta o‘yinini qoldirgani aytilgandi. Ular orasida “Valensiya” — “Real” o‘yini ham bor.

Madrid klubi suv toshqini oqibatida jabrlanganlarga bir million dollar xayriya qilishini ma’lum qildi. Shuningdek, “Real” Qizil xoch bilan birgalikda suv toshqini qurbonlari uchun pul yig‘ish aksiyasini boshlagan.

Kiritildi: 09:41 01.11.2024. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!