Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" supertransferdan ayrildi

A A A
"Real" supertransferdan ayrildi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubida qolishga qaror qildi, deb xabar beradi L'Equipe. Futbolchi klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bu haqdagi qaror "PSJ"ning Fransiya chempionati doirasidagi "Mes"ga qarshi o‘yinidan so‘ng rasman e’lon qilinadi.

Avvalroq "Real" prezidenti Florentino Peres futbolchilarga Mbappe Madrid klubiga o‘tmasligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda parijliklar safida barcha turnirlar doirasida 46 o‘yinda 36 ta gol va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:50 21.05.2022. O'qildi: 3743 marta. Fikrlar soni: 22 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!