"Real" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Qayrat"ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi - 5:0. O‘yin Olma-otadagi Markaziy stadionda bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya jamoasi safida Kilian Mbappe xet-trikni rasmiylashtirdi. Yana bittadan golni Eduardo Kamavinga va Braim Dias o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
"Real" ochkolarini 6 taga yetkazib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Qayrat" (0) ikki mag‘lubiyatdan so‘ng oxirgi o‘rinda bormoqda.
Ispaniya jamoasi turnirdagi navbatdagi o‘yinini 22 oktyabr kuni "Yuventus"ga qarshi o‘tkazsa, "Qayrat" bir kun avval "Pafos"ga qarshi maydonga tushadi.
Chempionlar ligasi, 2-tur
30.09.2025, seshanba, 21:45
Qayrat - Real - 0:5
Gollar: Mbappe, 25 - penaltidan (0:1). Mbappe, 52 (0:2). Mbappe, 74 (0:3). Kamavinga, 83 (0:4). Dias, 90 (0:5)
Kayrat: Kalmurza, Martinovich, Sorokin, Luish Mata, Tapalov (Baybek, 64), Kasabulat, Arad (Stanoyev, 64), Gromiko (Zariya, 80), Mrinskiy, Jorjinyo (Edmilson, 64), Satpayev (Rikardinyo, 80)
Real: Kurtua, Alaba, Xeysen, F. Garsiya, Raul Asensio, Tshuameni (Bellingem, 80), Sebalyos, Vinisius Junior (Dias, 70), Mastantuono (Rodrigu, 70), Mbappe (G. Garsiya, 81), Arda Gyuler (Kamavinga, 80)
Ogohlantirishlar: Gromiko, 48. Arad, 55