Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasi vaqtida takibdagi bir qancha futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Klub sport direktorlari bosh murabbiy Xabi Alonso bilan birga jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Mazkur ro‘yxatdan Ferlan Mendi, Dani Sebalyos, Endrik, Braim Dias va Raul Asensio kabi futbolchilar joy olgan. Klubning asosiy maqsadi — kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarni boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatini yaratish, yangi transferlar hamda o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun joy bo‘shatish.
Ferland Mendi bilan bog‘liq vaziyat yana klub ichida muhokama qilinmoqda. Fransiyalik himoyachi ayrim paytlarda ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, uning jarohatlarga moyilligi tufayli klub futbolchi bilan xayrlashish variantini ko‘rib chiqmoqda. Dani Sebalyosda ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.
Endrik bo‘yicha klubning rejasi aniq: u mavsum oxirigacha “Lion”ga ijaraga berilishi kutilmoqda. Bu orqali braziliyalik hujumchiga Yevropa futboliga moslashish, muntazam o‘yin amaliyoti va zarur tajriba to‘plash imkoniyati yaratiladi. Uning iqtidoriga shubha yo‘q, biroq “Real”ning hujum chizig‘idagi kuchli raqobat sabab klub vaqtincha ijarani eng to‘g‘ri yo‘l deb bilmoqda.
Mendi, Sebalyos va Endrikdan tashqari, Braim Dias hamda Raul Asensio ham “Real”ni tark etishi mumkin. Sababi ularga ham yetarli o‘yin amaliyoti berilmayapti, shu bois mazkur futbolchilar ham jamoadan ketish eng to‘g‘ri variant deb bilmoqda. Madrid klubi esa ularga yangi jamoa topishda yordam berishga tayyor. Sababi klub rahbariyati Xabi Alonso rejalariga kirmayotgan futbolchilarga maosh to‘lash, ortiqcha xarajat deb hisoblamoqda.