Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» prezidenti «Malyorka»dan uchralgan mag‘lubiyatga keskin munosabat bildirdi

«Real» prezidenti «Malyorka»dan uchralgan mag‘lubiyatga keskin munosabat bildirdi

Shanba kuni «Real» safarda «Malyorka»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oradan bir necha soat o‘tgach, «qaymoqranglilar»ning La Liga peshqadami «Barselona»dan ortda qolishi yetti ochkoga yetdi.

Goal portalining Ispaniyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres jamoaning mag‘lubiyatidan so‘ng g‘azabga kelgan. U stadionda bo‘lmagan, biroq keyinroq Madrid klubining o‘yinidan noroziligini bildirgan.

Manbalar Peres tomonidan aytilgani iddao qilinayotgan so‘zlarni keltirmoqda: «Mavsumning qolgan qismida bunday sharmandali o‘yinni takrorlay olmaymiz. Seshanba kuni kuchli o‘yin ko‘rsatib, o‘z darajamizni isbotlashimiz kerak».

7 aprel kuni «Real» Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ni qabul qiladi.

Kiritildi: Bugun 10:03. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!