Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" prezidenti endi yosh va istiqbolli murabbiylarga ishonmaydi!

"Real" prezidenti endi yosh va istiqbolli murabbiylarga ishonmaydi!

Florentino Peres "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimiga navbatdagi istiqbolli mutaxassisni taklif qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Carrusel Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" qishda jamoani qabul qilib olgan Alvaro Arbeloa o‘rniga tajribali va sovrindor murabbiyni tayinlashni maqsad qilgan. Eslatib o‘tamiz, mavsumning birinchi qismida jamoani Xabi Alonso boshqargan edi.

31 turdan so‘ng "Real" Ispaniya La Ligasi jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa yetakchi "Barselona"dan to‘qqiz ochkoga ortda qolmoqda.

Avvalroq madridliklar "Bavariya"ga ikki bor mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasidan chiqib ketgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!