Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida haqiqiy kashfiyotga aylandi.
21 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida KO‘JChdagi to‘rtta o‘yinda uchta gol va samarali uzatmani amalga oshirdi.
Seshanba kuni yosh ispaniyalik yana qahramonga aylandi: aynan u "Yuventus"ga qarshi 1/8 final o‘yinida yagona gol muallifi bo‘ldi.
"Mening asosiy kumirim - Krishtianu Ronaldu. Men doim shunday deganman. Mening kumirlarim ko‘p, lekin ulardan birini tanlash kerak bo‘lsa, men har doim CR7'ni aytaman," - deya Garsiyaning o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi Madrid Zone.