"Real"ning sobiq darvozaboni Kiko Kasilya hujumchi Krishtianu Ronalduning naqadar saxiy ekani haqida gapirdi.
"Ronaldu - fenomen, supershaxs. U hatto yoshlar akademiyasidan o‘tayotgan bolalarga ham yordam beradi. Undan istagan narsangizni so‘rang - u sizga beradi. Mavsumoldi o‘yinlar uchun AQShga borganimizda, Ronaldu barcha xodimlarga - fizioterapevtlar, qo‘riqchilar va hokazolarga yangi iPhone va yangi Apple Watch sotib oldi. U atrofdagilarga minnatdorchilik bildirishni yaxshi ko‘radigan inson," - dedi Kasilya The After Show dasturida.
Ayni damda Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda portugaliyalik Saudiya klubi bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi.