Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Real»ning qaysi yulduzlari Alonsodan norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi

«Real»ning qaysi yulduzlari Alonsodan norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Real"ning bir qator yulduz futbolchilari jamoa ustozi Xabi Alonsodan norozi, bu haqda Cadena Ser jurnalistlariga ma’lum bo‘ldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis bilan hujumchi Vinisius Junior, yarim himoyachi Jud Bellingem va himoyachi Federiko Valverde til topisha olmayapti.

Avvalroq matbuotda braziliyalik hujumchi jamoani Alonso boshqarayotgan vaqtda "qaymoqranglilar" bilan yangi shartnoma imzolamasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

44 yoshli mutaxassis o‘tgan yozda "Real"ni qabul qilib olgan edi. Alonso va "qirollik klubi" o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:07 25.11.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!