Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real»ning YECHLdan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan futbolchi muxlislarga murojaat qildi

«Real»ning YECHLdan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan futbolchi muxlislarga murojaat qildi

Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Chempionlar ligasi chorak finali doirasida bo‘lib o‘tgan "Bavariya"ga qarshi o‘yindan (4:3) so‘ng muxlislarga murojaat qildi.

Fransiyalik futbolchi 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 78-daqiqada Kamavinga birinchi sariq kartochkani olgan bo‘lsa, 86-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasi uchun maydondan chetlatildi. Uning chetlatilishidan so‘ng “qaymoqranglar” ikki gol o‘tkazib yubordi.

«O‘z aybim uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Jamoamiz va "Real Madrid" muxlislaridan uzr so‘rayman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Eduardu Kamavinga.

Eslatib o‘tamiz, Kamavinga raqib futbolchisi Xarri Keynga qarshi qoidabuzarlikdan keyin to‘pni olib, o‘yin joyidan uzoqlashgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolangan.

Kiritildi: 11:48 17.04.2026. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!