Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

"Real"ning YECHLdagi navbatdagi o‘yinida kimlar ishtirok etmasligi aniq

"Real"ning YECHLdagi navbatdagi o‘yinida kimlar ishtirok etmasligi aniq

"Real" Chempionlar Ligasi doirasidagi "Monako"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yakshanba kuni Alvaro Arbeloa jamoasi o‘zining navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Marca xabariga ko‘ra, himoyachi Antonio Ryudiger va hujumchi Rodrigo jamoadan alohida shug‘ullangan. Germaniyalik va braziliyalik futbolchi bo‘lajak bahsda "Real"ga yordam berish ehtimoli kam.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, "Real"ga seshanba oqshomida Eder Militao, Trent Aleksandr-Arnold va Ferlan Mendi yordam bermasligi aniq.

Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Monako" o‘rtasidagi o‘yin 20 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ayni paytda "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 23:37 18.01.2026. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!