Kilian Mbappe klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 3-turida maydonga tushishi mumkin.
19 iyun kuni "Real" hujumchisi o‘tkir gastroenterit tufayli kasalxonaga yotqizilgandi. O‘sha kuniyoq u kasalxonadan chiqdi. U davolanishni davom ettirmoqda.
Fransiyalik futbolchi musobaqaning dastlabki ikki o‘yinini "Al-Hilol" (1:1) va "Pachuka"ga (3:1) qarshi o‘tkazib yubordi.
Shunga qaramay, Kilian Mbappe "Red Bull Zalsburg"ga qarshi musobaqaning uchinchi o‘yinida maydonga tushishi mumkin.
Hujumchi hali umumiy guruhga qaytgani yo‘q, ammo u trenajyor zalida ishlamoqda.