Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" muxlislari Ronalduni unutmagan

"Real" muxlislari Ronalduni unutmagan

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «Real Madrid» – «Pachuka» o‘yinidan bir necha soat oldin o‘yingoh atrofi «Madrid» muxlislari bilan to‘ldi. Ularning ko‘pchiligi Vinisius Junior, Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldu liboslarini kiyib olishgan edi.

«Ronaldu bilan ajoyib xotiralarimiz bor. U bizga juda ko‘p zavqli onlarni taqdim etgan. Biz Atlantada yashaymiz. O‘yindan zavq olish uchun keldik. Oilamiz bilan «Real»ga muxlislik qilamiz», – dedi Atlantada yashovchi «Real» muxlisi.

«Farzandam bolaligidan Ronalduni yoqtiradi. U Krishtianuni «Real Madrid»dagi faoliyatidan beri kuzatib keladi. Men ham u kabi «Real» muxlisman», – dedi 7 raqamli Ronalduning libosini kiygan ota-bola.

Uchrashuvga yaqin vaqt qolganida eng arzon chipta narxi 92 dollardan sotilayotgan edi. O‘yingoh atrofida oz sonli «Pachuka» muxlislari ham bor edi. Dastlabki turda Meksika klubi raqibga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, «Real Madrid» Saudiya Arabistoni klubi bilan durang o‘ynagan edi.

Kiritildi: 09:33 23.06.2025. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!