Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real Madrid"ning ikki yulduzi safga qaytishga yaqin turibdi

"Real Madrid"ning ikki yulduzi safga qaytishga yaqin turibdi

Yarim himoyachilar Jud Bellingem va Eduardo Kamavinga safga qaytishga yaqin turibdi. Ingliz va fransuz maydonda umumiy guruhda qisman yuklama bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Madrid Xtra. Ikkala yarim himoyachi ham hozircha jamoaviy o‘yinlarga tayyor emas - ular La Liganing 13 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Real Sosyedad"ga qarshi navbatdagi o‘yiniga tayyor bo‘lishi dargumon.

Jud Bellingemning yelkasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, shu sababli u mavsumoldi tayyorgarligi va joriy mavsumning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Eduardo Kamavinga aprel oyidan beri jarohatlar tufayli safdan chiqqan.

"Real" Ispaniya chempionatida 3 turdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 08:53 09.09.2025. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!