Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

"Real” KO‘JCh guruh bosqichidan keyin eng ko‘p daromad oldi, “Siti” ikkinchi o‘rinda

"Real” KO‘JCh guruh bosqichidan keyin eng ko‘p daromad oldi, “Siti” ikkinchi o‘rinda

Madridning “Real” jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida ishtirok etish uchun eng yuqori miqdordagi kafolatlangan daromadni qo‘lga kiritdi. “Qaymoqranglilar”ning guruh bosqichidan keyingi daromadi 32,8 million yevroni tashkil qildi.

Pley-off bosqichiga chiqish va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olganda, madridliklar umumiy hisobda 43,55 million yevro ishlab oldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” egalladi. “Shaharliklar”ning kafolatlangan daromadi 30,9 millionni tashkil etdi. Qo‘shimcha to‘lovlar bilan birgalikda klub umumiy hisobda 42,51 million daromad ko‘rdi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha uchlikni “Bavariya” yakunlab turibdi — nemis klubi guruh bosqichi uchun 27,8 million daromad oldi. Jami bo‘lib, myunxenliklar hozirgacha 37,69 million ishlab topdi.

Kiritildi: 23:45 27.06.2025. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!