Madridning "Real" klubi kelasi yozda tarkibni tozalashni rejalashtirmoqda. Klub allaqachon klubdan ketishga asosiy da’vogarlar ro‘yxatini tuzib bo‘lgan. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Shunday qilib, asosiy nomzodlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan: Vinisius Junior, Eduardo Kamavinga, Andrey Lunin, Fran Garsiya, Arda Gyuler va Din Xyoysen.
Qayd etilishicha, bu ro‘yxat yuqorida tilga olingan futbolchilarning har birini yuz foiz sotishni nazarda tutmaydi. Ammo bu "Real" ushbu oltita futbol bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini anglatadi. Gap ijara haqida ham, to‘liq sotish haqida ham bo‘lishi mumkin.