"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida "Zalsburg"ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 3:0.
Gollarga Vinisius Junior, Federiko Valverde va Gonsalo Garsiya mualliflik qildi.
"Real" ochkolarini 7taga yetkazib, "H" guruhida 1-o‘rinni egallagan holda pley-offga chiqdi va "Yuventus" bilan o‘ynaydi. "Zalsburg" 4 ochko jamg‘argani uchun guruhdan chiqa olmadi.