Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya transfer bozorida juda katta talabga ega bo‘lib turibdi. Ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidan joy olishi qiyin, biroq boshqa jamoada o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchiga o‘ndan ortiq klub qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Dortmundning «Borussiya»si, «Yuventus», «Roma» va Angliya Premyer-ligasining bir qator noma’lum vakillari Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.