Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Chorshanba oqshomida Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechgan uy uchrashuvida himoyachi Ferlan Mendi zaxiraga olingan edi. Fransiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va "Real" klub rasmiy sayti orqali uning natijalarini e’lon qildi.

Mendining o‘ng oyoq son biseps mushagida jarohat aniqlangan. "Qaymoqranglilar" himoyachining tiklanishi uchun qancha vaqt ketishini ochiqlashmagan. Avvalroq paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Mendi "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinini aniq o‘tkazib yuboradi, shuningdek, kelasi haftadagi "Atletiko" bilan La Liga bahsini ham o‘tkazib yuborish xavfi bor.

"Real" o‘zining navbatdagi o‘yinini 14 mart kuni chempionat doirasida o‘z maydonida "Elche"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:31 13.03.2026. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!