"Real" himoyachisi Raul Asensio anchadan beri o‘ng katta boldir suyagining stressdan sinishi bilan o‘ynamoqda. Bu haqda COPE’ga tayanib The Touchline xabar bermoqda.
Asensio to‘liq tiklanish uchun fevral oyida tanaffus olishga umid qilmoqda. Ayni damda esa futbolchi kadrlar muammosi tufayli tavakkal qilmoqda va o‘yinlarda ishtirok etmoqda.
"Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shanba kuni Alvaro Arbeloa jamoasi "Vilyarreal"ga qarshi bahs olib boradi.