Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" himoyachisi jiddiy jarohatidan so‘ng yana maydonga qaytishga tayyor

"Real" himoyachisi jiddiy jarohatidan so‘ng yana maydonga qaytishga tayyor

Eder Militao "Real"ning navbatdagi o‘yinida maydonga tushishi mumkin.

Madridliklar himoyachisi o‘tgan yilning noyabr oyida xoch bog‘lamidan jarohat olgandi. Iyun oyida futbolchi jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytdi.

Hozirda braziliyalik futbolchi AQShda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real" bilan birga.

Marca xabariga ko‘ra, Militao ertaga bo‘lib o‘tadigan "Yuventus"ga qarshi 1/8 final bahsida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga umid qilmoqda. Kelajakda esa futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga qaytishni istaydi.

Kiritildi: 18:51 30.06.2025. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!