Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

"Real"ga urilgan gol: offsaydmidi yoki qoida buzilishi? UYEFA javob qaytardi (VIDEO+FOTO)

"Real"ga urilgan gol: offsaydmidi yoki qoida buzilishi? UYEFA javob qaytardi (VIDEO+FOTO)

Kecha Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida Ayaks o‘z maydonida Real jamoasini qabul qildi.

Mazkur o‘yinda YECHLda ilk bor videotakrorlar tizimiga murojaat qilindi. Ya’ni mezbonlar vakili Talyafiko Tibo Kurtua darvozasiga gol kiritganida bosh hakam VARga murojaat qildi va golni inobatga olmadi. UYEFA esa bu qarorni quyidagicha izohladi: Talyafiko gol urgan paytda Dushan Tadich o‘yindan tashqari holatda edi va darvozabonga xalal berdi. Birinchidan, darvozabonga xalal berish mumkin emas. Ikkinchidan, o‘yindan tashqari holatdagi futbolchi xalal bergani va ta’sir ko‘rsatgani uchun gol inobatga olinmadi .

UYEFA rasmiy sayti fikrining isboti tariqasida quyidagi surat va videoni joyladi.

Kiritildi: 10:21 14.02.2019. O'qildi: 13696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!