«Deportiva Minera» futbolchilarining «Real» o‘yinchilardan olgan liboslari o‘g‘irlab ketildi.
Madrid klubi Ispaniya Kubogi 1/16 finalida 4-divizion jamoasini mehmonda 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindan so‘ng mezbonlarning har bir futbolchisi «Real» a’zolarining libosini olishi kerak edi.
Avvalroq ro‘yxat tuzilib, Madrid klubiga elektron pochta orqali yuborilgan, unda futbolkalarning aniq soni ko‘rsatilgandi. Maydonda odatdagi liboslar almashinuvidan qat’i nazar, istisnosiz hamma o‘zi tanlagan futbolchining libosini olardi. Ta’kidlanishicha, Mbappening bir nechta futbolkalari bo‘lgan.
Cadena SER xabariga ko‘ra, o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida bir quti futbolkalar kutib turardi, ulgurganlar liboslarni olgan, biroq keyinchalik «Real» futbolchilarining qolgan formalari qayergadir g‘oyib bo‘lgan.
Kamida 4 futbolchi «qaymoqranglilar» futbolkalarisiz qolgan, yana 4 nafari esa esdalik sovg‘asisiz qolmasligi uchun buyurtmada bo‘lmagan futbolchilarning liboslarini olishga majbur bo‘lgan.
Bu voqea klub ichida norozilikka sabab bo‘ldi. «Deportiva Minera»ning tushuntirishicha, futbolkalarni o‘g‘irlaganlar binolarga kirish huquqiga ega bo‘lgan odamlar, ya’ni klub vakillaridir.