Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

"Real" effekti. Ispaniya futbol federasiyasi hakamlik tizimida katta o‘zgarishlar qilmoqchi

"Real" effekti. Ispaniya futbol federasiyasi hakamlik tizimida katta o‘zgarishlar qilmoqchi

Oxirgi paytlardagi voqealar fonida Ispaniyada hakamlik bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ispaniyada La Ligadagi hakamlik bo‘yicha bezovtalik ortib bormoqda. Marca nashri xabariga ko‘ra, Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi rahbari Rafael Lusan tez orada hakamlik tizimida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Aniqroq aytganda, federasiya hakamlarni o‘yinlarga tayinlash, ularni layoqatiga qarab toifalarga ajratish bo‘yicha o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda.

Bu o‘zgarishlar darajasi jihatidan yaxshiroq hakamlar markaziy o‘yinlarga tayinlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, rejaga ko‘ra hakamlarni baholash tizimi yanada shaffof ko‘rinishga keladi.

Xabarda qayd etilishicha, "Real" dushanba kuni Ispaniya hakamlik texnik qo‘mitasi bilan uchrashuv o‘tkazadi. "Real" u yerda hakamlik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini ham taqdim etadi.

Kiritildi: 22:49 16.02.2025. O'qildi: 2541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!