Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real"da ichki muhit yaxshilana boshlaganining asosiy sababi ma’lum bo‘ldi

"Real"da ichki muhit yaxshilana boshlaganining asosiy sababi ma’lum bo‘ldi

So‘nggi kunlarda Madridning "Real" klubi rahbariyati vakillari kiyinish xonasida futbolchilar bilan bir necha bor muloqot qildi, shuningdek, ularning ayrimlari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu "qaymoqranglilar" qarorgohidagi muhitning yaxshilanishiga olib keldi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Real" futbolchilari so‘nggi natijalarning yaxshi bo‘lmaganida ayb birinchi navbatda o‘zlarida ekanligini tushunishadi. "Qirollik klubi" futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan qarama-qarshilik qilish befoyda ekanini anglab yetdi.

Ta’kidlanishicha, ispaniyalik mutaxassis so‘nggi kunlarda futbolchilar bilan ham muloqot qilgan. Xususan, Alonso hujumchi Vinisius Junior shu paytgacha ko‘rganidan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlov va e’tiborga loyiq ekanini tan oldi.

Kiritildi: 10:06 28.11.2025. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!